Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

KASABA UYUSHMASI QO'MITASI

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi (KUQ) universitet Nizomi va tarkibiy tuzilishiga asosan tashkil etilgan hamda Jamoa shartnomasiga asosan faoliyat yuritadi.

Hozirgi kunda universitet KUQsi Jamoa shartnomasi, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari Respublika kengashi Nizomi hamda yuqori Kasaba uyushma tashkilotlari buyruqlari asosida universitet ma'muriyati bilan hamkorlikda faolyait yuritib kelmoqda. Universitet KUQsi tarkibida jami 6 ta fakultet bo‘yicha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari va 7 ta doimiy komissiyasi mavjud. Ular o‘z ishlarini tasdiqlangan reja asosida olib boradi.

Universitet ma'muriyati bilan KUQsi o‘rtasida jamoa a'zolarining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan Jamoa shartnomasi imzolangan. Ushbu jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi muntazam ravishda nazoratga olingan.

O‘zbekistonda demokratik jamiyat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, hayotda iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ma'naviy, ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish kasaba uyushmalarining o‘z a'zolarini ijtimoiy-iqtisodiy huquq va intilishlarini  himoya qilishda keng imkoniyatlar yaratildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kasaba uyushma qo‘mitasi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun ish beruvchi bilan hamkorlikda Jamoa shartnomasi, zarur nizom va dasturlarni ishlab chiqdi. Yildan-yilga Kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolarining soni ortib bormoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolari soni bugungi kunga kelib 6270taga yetdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tarkibiga kiradi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy maqsad va vazifalari

Kasaba uyushmaning asosiy maqsadi kasaba uyushma a'zolari mehnati xaq-huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy intilishlari, ma'naviy-aqliy hamda ularning oila a'zolarining huquqlarini himoya qilishdan iborat.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

  • Kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolarini aqliy va erkinlik huquqlarini himoyalash borasida qonuniy va boshqa me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
  • Mehnat qonunchiligi ustidan jamoa nazoratini amalga oshirish;
  • Jamoa shartnomalarini tuzish va mehnat faoliyatidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish;
  • Kasaba uyushma a'zolari bilan birgalikda madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish;
  • Kasaba uyushma a'zolari va ularning farzandlarining sog‘ligini tiklash, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish borasida ishlarni olib borish;
  • Kasaba uyushmasi ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasining tarkibi:

  1. Konferensiya Kasaba uyushma qo‘mitasining Oliy organi hisoblanadi va u besh yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
  2. Kasaba uyushma qo‘mitasi Konferensiyalar orasida rahbar organ hisoblanadi va besh yil muddatga saylanadi.
  3. Konferensiya orasida rahbarlikni amalga oshirish Kasaba uyushma qo‘mitasi prezidiumi saylanadi. Prezidiumi majlislari uch oyda kamida bir marotaba o’tkaziladi.
  4. Konferensiyada Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, o‘rinbosarlari, qo‘mita a'zolari hamda taftish komissiyasi a'zolari saylanadi.
  5. Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari Prezidiumi, Plenumi konferensiya qarorlari bajarilishini ta'minlashda qatnashadi.
  6. Kasaba uyushma qo‘mitasining mablag‘i a'zolarning oylik badali hisobidan tashkil topadi.
  7. A'zolik badallari oylik maoshlarning kamida 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi ish beruvchilar bilan o‘z faoliyatini asosan ijtimoiy sherikchilik (hamkorlik) asosida olib boradi

Hozirgi vaqtda Kasaba uyushma qo‘mitasi O‘zbekiston ta'lim, fanva madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi, barcha oliy o‘quv yurtlari kasaba uyushma tashkilotlari hamda respublikamizning ba'zi sanatoriyalari bilan bir qatorda Xlebushkina nomidagi “22-Mehribonlik uyi” bilan hamkorlik qilib keladi.

Ijtimoy himoya

Professor-o‘qituvchilarva texnik xodimlar hamda ular oila a’zolarning sog‘ligini saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi kurort va sanatoriyalarga imtiyozli narxda yo‘llanmalar taqdim etadi. Bundan tashqari, professor-o‘qituvchilar va texnik xodimlarning farzandlari uchun oromgohlarga yo‘llanmalar, shuningdek, “Archa” yangi yil bayrami uchun yo‘llanmalar beradi.

Har yili mehnat ta'tili  davrida professor-o‘qituvchilar hamdaularning farzandlari va universitet talabalari uchun dam olishlarini tashkil qilish maqsadida “Iqtisodchi” dam olish oromgohida muttasil ish olib boradi.

Har yili yozgi dam olish mavsumi oldidan Kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan Universitetning “Iqtisodchi” dam olish oromgohi bir qator sport anjomlari bilan ta'minlanadi. Kasaba uyushmasining “Sport va sog‘lomlashtirish ishlari” komissiyasi tomonidan “Jismoniy tarbiya” kafedrasi bilan hamkorlikda “Iqtisodchi”dam olish oromgohida professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilari kasaba uyushmasining faxriy yorliqlari va  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Universitetda talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish maqsadida universitetda sportning futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, og‘ir atletika va milliy kurash turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. To‘garaklarda 1700 dan ortiq talaba doimiy ravishda ishtirok etib keladi. To‘garaklar faoliyati kasaba uyushmasining “Sport va sog‘lomlashtirish ishlari” komissiyasi tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.

2015-yil 2-8-iyun kunlari Kasaba uyushmasi qo‘mitasining “Ko‘chma kubogi” uchin mini futbol bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqada universitet ma’muriyati, fakultetlar va AFIDUM jamoalari professor-o’qituvchilari va xodimlari ishtirok etdilar. 1-o‘rini “Buxgalteriya hisobi va audit” jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

Kasaba uyushmasi a'zolarini sog‘lomlashtirish ishlariga alohida ahamiyat berildi. Universitet professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalari uchun imtiyozli narxlarda yo‘llanma berish va shu yo‘l bilan ularning dam olishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadidamazkur mablag‘lar belgilangan maqsad bo‘yicha kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj kasaba uyushmasi a'zolari uchun “Iqtisodchi” oromgohi yo‘llanmalar qiymatini qisman qoplashga ishlatildi. Jumladan, mazkur mablag‘lar hisobidan 2015-yilgi dam olish mavsumi davomida 458nafar professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalar o‘z oila a'zolari bilan universitetning “Iqtisodchi” oromgohida imtiyozli narxlardagi yo‘llanmalar orqali dam olishdi. Jumladan,  2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini bajarish maqsadida nafaqadagi professor-o’qituvchi va xodimlarning 65 nafariga bepul yo‘llanmalar berildi hamda ularning maroqli dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. 

Joriy yilda bir qator Universitet professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi sanatoriy-profilaktoriylarga imtiyozli narxlarda yo‘llanma berildi. Xususan, ariza bilan murojaat etgan 49 nafar kasaba uyushmasi a'zosi ana shunday imtiyozli yo‘llanmalar bilan o‘z salomatliklarini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldilar.Shuningdek, 7 nafar professor-o‘qituvchiga “Charvak”, “Kumushkon”, “Navro‘z”va “Chimgan” kabi dam olish uylariga imtiyozli narxlardagi yo‘llanmlar berildi.

Yozgi dam olish mavsumida professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarning farzandlari uchun bolalar oromgohlariga imtiyozli narxlardagi yo‘llanmalar sotuvi ham tashkil etildi. Jumladan, “Kimyogar”, “Sokol” va “Semurg‘” bolalar oromgohlari shular jumlasidandir.

O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi PQ 2302-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorati va Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorlikda 16-iyun kuni Samarqand viloyatidagi  tarixiy obidalar, qadamjolarga sayohat uyushtirildi. Sayohatga universitetning nafaqaga chiqib ishlayotgan 22 nafar yoshi ulug‘, faol va jamoatchi professor-o‘qituvchisi “Afrosiyob” tezyurar poezdida sayohatga chiqdilar. Hamkorlikda tashkil etilgan sayohat davomida faxrilar Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, jumladan Imom al-Buxoriy ziyoratgohi, Go‘ri Amir  maqbarasi, Registon maydoni, Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Donior maqbarasi hamda istiqlol yillarida bunyod etilgan mahobatli binolarni borib ko‘rdilar. Sayohat O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyishmasi Respublika kengashining 2 420 000 (ikki million to‘rt uz yigirma ming) so‘mlik yo‘llanmalari asosida amalga oshirildi.

Universitet rahbariyati va  kasaba uyushmasi qo‘mitasining yuqorida qisqacha keltirilgan keng qamrovli ish faoliyatining asosiy maqsadi talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarning o‘qishlari, yashashlari va ishlashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish. Zero, sog‘lom, barkamol insongina kelajagi buyuk davlatni quraoladi.

Universitet rektorati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi ijtimoiy sherikchilik prinsiplarini tan olgan holda, jamoa shartnomasi bajarilishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday nizolarning oldini olish choralari qo‘llab kelindi. O‘z huquqlarini buzilgan deb hisoblagan har bir professor-o‘qituvchi va ishchi-xodim mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishtirokida ish beruvchiga yozma yoki og‘zaki murojaat etish, ularning murojaatlarini tegishli tartibda devonxonada ro‘yxatdan o‘tkazish tatibi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2015-yil davomida o‘z haq-huquqlari buzilganligi to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki murojaatlar bo‘lmadi.

Muxtаrov Azamat
Falsafa fanlari doktori, poffessor

1953-yil 1-sentyabrda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan. 1978-yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan. 1978-yildan Toshkent xalq xo‘jaligi instituti “Falsafa” kafedrasida faoliyatini boshlagan. 1986-yildanomzodlikdissеrtatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.

1978-1988-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti “Falsafa” kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lovozimlarida faoliyat yuritgan. 2010-yildan boshlab, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Falsafa” kafedrasi mudiri hamda 2015-yil 1-iyundan o‘rindoshlik asosida TDIU Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Muxtarov A. 200 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, darslik, monografiya va maqolalar chop etgan.
Oilali, 2 ta farzandning otasi.

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi