Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

|20/12/2016| Kafedra tomonidan seminar-trening tashkil etildi

Kasb ta’limi” (iqtisodiyot) kafedrasi tomonidan Kasb ta’limi (iqtisodiyot) hamda Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 1-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan “Pedagogika. Psixologiya” fanidan xorijiy adabiyotlar asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua (O‘UM) bilan tanishtirish va qo‘llash yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar berish maqsadida turdosh oliy ta’lim muassasalari hamda universitet professor-o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.


|17/12/2016|Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida adolatli Xalqaro aloqalar va hamkorlikka tayyorlov instituti koordinatori Wang Wei boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi

   Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 29 noyabrdagi  87-02-158-XFU xatiga hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2016 yil 24 noyabrdagi 08/30417-sonli xatiga javoban joriy yil 13 dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati tomonidan Shanxay Xalqaro aloqalar departamenti direktori hamda Shanxay siyosiy-yuridik universiteti qoshidagi ShHT doirasida adolatli Xalqaro aloqalar va hamkorlikka tayyorlov instituti koordinatori Wang Wei boshchiligidagi delegatsiya kutib olindi.


|13/12/2016|Gretsiyaning Panteon universiteti rektori Ismini Kriarini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrifi                                                   

    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 24-noyabrdagi   87-02-472-sonli xatiga hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining   2016 yil 27 noyabrdagi 10/34395-sonli xatiga javoban joriy yil 1-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati boshchiligidagi guruh tomonidan Grestiyaning Afina shahridagi Panteon universiteti rektori Ismini Kriari kutib olindi.     


|12/12/2016|Germaniyaning Bremenhaven amaliy fanlar universiteti professori Gerhard Feldmayer va Bremen amaliy fanlar universiteti professori Martina Ryorix Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar

   Yevropa Komissiyasining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ishtirok etayotgan “GER-UZB Staff Mobility towards Enhancement of Teaching Competence and Professional Development” (“O’qitish sifatini yaxshilash va  malaka oshirish borasida Germaniya va O’zbekiston o’rtasidagi o’qituvchilar mobilligi”) loyihasi doirasida Germaniyaning Bremenhaven amaliy fanlar universiteti professori Gerhard Feldmayer 2016-yil 10-noyabrdan
24-noyabrgacha universitetimizga tashrif buyurdi.


|23/11/2016| Erasmus+ dasturining 2017 yil uchun tanlovi e`lon qilindi

2016 yil 23-noyabr kuni universitetning 1-bino  4-qavatida joylashgan “Smart Classroom” auditoriyasida Xalqoro aloqalar bo`limi tomonidan Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalar chaqiruvi boshlanganligi hamda loyiha yo`nalishlari tog`risida batafsil ma`lumot olishlari uchun taqdimot o`tkazildi. Mazkur taqdimot uch qismdan iborat bo`lib, taqdimotning birinchi qismida prorektor O. Xamidov tomonidan universitet xodimlari ushbu loyihalarda ishtirok etishi va bugungi kungacha Erasmus+ doirasida bajarilgan loyihalar to`g`risida ma`lumot berildi.


|21/11/2016|Qirollik geografik jamiyati a’zosi Yatsek Palkevich tashrifi

2016 yil 11- noyabrdagi 10/32635-sonli Tashqi ishlar vazirligining xatidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 18 noyabr kuni soat 10:30 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori O. Xamidov boshchiligida Polsha Respublikasidan kelgan mehmonlarni kutib oldi.

Uchrashuv boshida O’zbekistondagi Polshaning favqulotda muxtor elchisi Pyotr Ivashkevich hamda qirollik geografik jamiyat a’zosi Yatsek Palkevich ochiq osmon ostidagi muzey bo’ylab sayri tashkil etildi. So’ngra universitet birinchi binosida joylashgan 429-sonli auditoriyasida “Xalqaro turizm” va “Korporativ boshqaruv” fakultetlari talabalariga Yatsek Palkevich o’z hayoti mobaynida ko’rgan-kechirgan


|19/11/2016|“Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz!”

   O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida “O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega” ekanligi qonunan mustahkamlab qo’yilgan. Davlatimiz ramzlari, hususan, bayrog’imiz har birimiz uchun muqaddas. U halqimiz tarixi, buguni va kelajagini o’zida mujassam etgan yorqin timsolimizdir. Bayroq – davlat suverenitetining belgisi hamdir.

O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Bayrog’imiz tasviri mamlakat hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo’lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan. Shu bilan birgalikda respublika tabiatiga xos xususiyatlari, xalqimizning milliy va madaniy o‘zligini o’zida aks ettiradi.


|16/11/2016| 14-noyabr-Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuniga bag’ishlangan “Diabet: barcha yosh va davlatlar muammosi” mavzusidagi tadbir

     2016-yil 14-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti talabalari uchun 14-noyabr-Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuniga bag’ishlangan “Diabet: barcha yosh va davlatlar muammosi” mavzusida mutaxassis-shifokorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani, dotsent A. Sobirov, ta’lim-tarbiya maslahatchilari N.S.Nuriddinova, N.O. Muhtorova hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuvni “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti dekani f.n., dotsent        A.A. Sobirov  kirish so’zi bilan ochdi.


|15/11/2016|  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti  “Saylov tizimining huquqiy asoslari” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv

2016-yil 25-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 7-bino “Faollar zali”da Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti  “Saylov tizimining huquqiy asoslari”  mavzusida huquqshunos-mutaxassislar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni Ma'naviyat va ma'rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i R. Najimadinov kirish so‘zi bilan ochib, demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda saylov jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Har bir davlat saylovlarning adolatli va xolisona o‘tishiga alohida e'tibor beradi va saylov jarayonlarining mazmuniga qarab saylovlarga baho beriladi. Shuning uchun ham mustaqillikning ilk kunlaridanoq demokratik prinsiplarga asoslangan saylov tizimini yaratishga alohida e'tibor qaratildi.


|10/11/2016|“Saylov – demokratiya ko’zgusi”    

2016-yil 24-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 7-bino “Faollar zali”da “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti talabalari uchun “Saylov-demokratiya ko’zgusi” mavzusida huquqshunos-mutaxassislar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida universitet ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i      R. Najimadinov, fakultet dekani, dotsent A. Sobirov, ta’lim-tarbiya maslahatchilari N.S.Nuriddinova, N.O. Muhtorova hamda 150 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbatini “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” fakulteti dekani i.f.n, dotsent A.A.Sobirov kirish so’zi bilan ochdi.


Saxifa 1 dan 52 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 30 50 > >>

Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi