Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

“Iqtisodiyot va ta’lim” ilmiy jurnalida chop etiladigan maqolalar mualliflari diqqatiga!

Maqolani tahririyatga topshirish quyidagi  jarayonlar asosida amalga oshiriladi:

Ilmiy maqolalar mavzusi “Iqtisodiyot va ta’lim” ilmiy jurnali yo’nalishlarining birortasiga mos kelishi shart.

  1. Maqola elektron variantda va qog’oz shaklida topshirilib muallif tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. Maqola o’zbek tilida yozilib, matn shriftining razmeri 14 ga teng bo’lib, hajmi 1 intervalda, Times New Roman shriftda,  6-10 bet bo’lishi kerak. Betning har tomonidan 2 sm. iborat masofa qoldiriladi.
  2. Maqolalar o’zbek, rus, yoki  ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
  3. Maqolada ko’tarilayotgan muammo aniq o’rganilgan, mavzu nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxta bo’lishi kerak; ko’rsatilayotgan manbalarning ishonchliligi asoslangan bo’lishi kerak. Qo’yilgan masalani echishga muallif yondashuvi, olingan asosiy natijalar, xulosa va takliflar ixcham, tushunarli qilib bayon etilishi zarur.
  4. Olimlar fikri va Prezident asarlariga murojat qilishi, hamda shaxsiy fikr bo’lishi kerak.
  5.  Maqolada albatta jadval (chizma yoki rasm)lar manbalari aniq ko’rsatilishi kerak. Qisqartma so’zlarga izoh berilishi kerak (internet manbalar bundan mustasno.)
  6.  Maqola yozilgan tilda tayanch so’z va iboralar berilishi shart.
  7.  Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi (5-6 qator) maqola yozilmagan tillarda (o’zbek, rus va ingliz tillarida) beriladi. Unda muammoning dolzarbligi, uni o’rganish usuli va olingan natija aniq ifodalanishi kerak.
  8.  Maqola tegishli fan yo’nalishi bo’yicha fan doktorining rasmiy taqrizi bilan birga qabul qilinadi. Shu bilan birga, tahririyat maqolani qo’shimcha ravishda taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop etish masalasi bo’yicha tegishli qarorga kelishi mumkin.
  9. Havolalar maqola ichida [1] ko’rinishda bo’ladi va maqola so’ngida barcha havolalar foydalanilgan adabiyotlar ketma-ketligida bo’lib, qayd qilingan betlar aniq ko’rsatilishi kerak: Masalan: [1] Barinov V.A., Xarchenko V.L. Strategicheskiy menedjment: Ucheb. posobie. -M.: INFRA-M, 2008. s. 125.
  10. Maqola birinchi betining yuqori qismida muallif to’g’risida ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak (familiyasi, ismi, otasining  ismi to’liq ko’rsatilishi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni va muloqot telefonlari).
  11. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko’rib chiqilmaydi.

Keltirilgan talablar yakuniy emas, ba’zi maqolalar borasida Nashriyot qo’shimcha ma’lumot so’rash huquqini saqlaydi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi