Русский | English 
    Bosh sahifa  Elektron pochta 


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

     

Horijiy mamlakatlar delegasiyalarini universitetga tashrifi

2013 yil 2 dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligining xatiga asosan O’zbekiston Respublikasidagi Bangladesh Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisiMosud Mannan Universitetimizga tashrifi bo’lib o’tdi. Tashrif mobaynida Toshkent davlat iqtisidiyot universiteti va Bangladesh universitetlari o’rtasida xalgaro aloqalarni o’rnatilishi muxokama qilindi. Elchi janoblari universitetning axborot-resurs markazi va muzeyi bilan tanishdilar.

Bangladesh Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Mosud Mannanning Universitetimizga tashrifi

Anna Korepanova ErasmusMundus dasturi bilan tanishtishtirish tashrifi

 

15 noyabr kuni universitemizga Erasmus Mundus dastiru vakili Anna Korepanova ishtirokida seminar bo’lib o’tdi. Ushbu seminarda universitetimiz talabalari va yosh oq’tuvchliar bilan birgalikda boshqa o’quv yurtlar talabalari ham ishtirok etdilar. Anna Korepanova Erasmus Mundus hujjatlarini bilan bog’lik masalasari  yoritdi va dastur boyicha ko’tarilgan savollarga javob berdi.

Xorijiy mamlakatlar bilan aloqalari

Bugungi kunda Universitetimiz Chehiya mamlakatida joylashgan iqtosiyot va menejment oliy maktabi bilan aloqalarni kuchaytirib bormoqda. Joriy yilning noyabr oyida 10ta professor-o’qituvchilar ushbu oliygoxda malakasini oshirish uchun taklif qilindilar. Bundan keyin ham hamkorlik doirasida o’zaro xalgaro tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilagan.

Koreya hukumatining KOICA dasturi doirasida o’tgan yildan boshlab universitetda uchta volonter o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda. Ulardan Jong Byong Mok bank ishidan va Yun Jisun koreys tilidan dars bermoqdalar. Li Jay Ho Elektron kutubxona yaratish loyihasi doirasida faoliyat ko’rsatmoqda.

Chet el universitetlari bilan hamkorlik

Тоshkent davlat iqtisodiyot unversiteti jaxonning etakchi universitetlari, ilmiy markazlari, xalqaro tashkilotlari bilan aloqa qilib kelmogda. Hozirgi paytda Evropa va Osiyo mamlakatlarining nufuzli unversitetlari bilan bir qator kelushiv memorandumlari imzolangan. Ulardan Buyuk Britaniyaning Bat Universiteti Germaniyaning Bremen amaliy fanlar universiteti va Magdeburg amaliy fanlar universiteti, Ispaniyaning La Palmas de Grand universiteti, Xitoydagi Shanxay universitetilari bilan hamkorlik doirasida xar yili 60dan ortiq professor-o’qituvchilar va talabalar Germaniyada ingliz tilida o’tiladigan o’quv kurslari orqali o’z malakalarini oshirib sertifikatlar olmoqdalar.

Buyuk Britaniyaning Bat Universiteti bilan kelgusida yozgi ilgliz tili kurslarida universitetimiz o’qituvchilar va talabalar qatnashishi muhokama qilinmoqda. Hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti quyidagi chet el davlatlarining oliy o’quv yurtlari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik qilish memorandumlari va shartnomalariga ega.

Talabalar almashinuvi

Univeritetda talabalar almashinuvi Erasmus Mundus dasturlari CANEM, TOSCA 2 va EACEA 2 doirasida yolga koyilgan. Shu bilan “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti 4 bosqich talabasi Sobirov Olimxon hamkor bolgan Italiyaning L’Akilla universitetida bir yil mobaynida o’z mutaxassisligi bo’yicha taxsil oladi. CANEM loyihasi doirasida “Biznes” fakultetining 3 bosqich talabasi Abduhamidov Abrorxon Buyuk Britaniyaning Haddersfield universitetida olti oy mobaynida mutaxassisligi bo’yicha taxsil oladi.

Professor-o’qitivshilarni chet el bilan almashinuvi

“Sanoat iqtisodiyoti”  kafedrasining  katta ilmiy xodim-izlanivchisi Alikulov Ilhom Bratislava shahrining Komenius universitetida doktorantura dastirida bir yil mobaynida malakasini oshirmoqda. “Servis” kafedrasi katta oqituvchisi А.Ablakulov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan  2013 yil 1-20 fevral kunlari “Regional turismni rivojlantirish” mavzusidagi o’quv kursida malakasini oshirib qaytdi. Chehiyaning iqtosiyot va menejment oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan “Yevropa universitetlarida ta’lim va tehnologiyalarni zamonaviy rivojlanishi” mavzusidagi seminarda 2013 yil 24 apreldan 7 maygacha “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining dosenti Ergasheva Shaxlo ishtirok etdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanivchisi Хolov Jasur Hindiston davlati tomonidan ta’sis etilgan “ITEC” dasturi bo’yicha Xydarabod shahrida bo’lib o’tgan malaka oshirish ta’lim grantining sovrindori bo’ldi.


Manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49 uy
Telefon: (0 371) 239-01-49, Faks: (0 371) 239-41-23
Elektron pochta manzili: tdiu@tdiu.uz
Sayt xaritasi | Ro'yxatdan o'tish | Kirish
© 2012 - 2017 TDIU. Axborot Texnologiyalari Markazi